Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi

Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortib, terminallardan foydalanmaganliklari va kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib bermaganliklari bo‘ldi, deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.

Shu sababga ko‘ra, «Agrobank», «Xalq banki», «Mikrokreditbank», «Milliy bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Ipoteka-bank», «Hamkorbank», «Qishloq qurilish bank», «Asaka bank», «Aloqabank», «Turonbank», «Trastbank», «Ipak yo‘li banki», «Davrbank» va «Infinbank» kabi banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Markaziy bank tijorat banklarini kelgusida shu kabi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bank xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan chetlatishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishini talab etishi to‘g‘risida ogohlantirdi.
 

Kiritildi: 17:37 18.02.2021. O'qildi: 2638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!