Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Mark Ryutte NATOning keyingi bosh kotibi bo‘lishi kutilmoqda — Politico

Mark Ryutte NATOning keyingi bosh kotibi bo‘lishi kutilmoqda — Politico

Ruminiya Oliy Mudofaa kengashi 20 iyun kuni mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis NATO bosh kotibi lavozimi uchun o‘z nomzodini qaytarib olganligi haqida alyans ittifoqchilariga ma’lum qildi.

Buxarest, shuningdek, NATO bosh kotibligi uchun Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

NATO bosh kotibini tayinlash bo‘yicha qaror alyansning barcha 32 a’zosi tomonidan konsensus asosida qabul qilinadi. Ryuttening nomzodiga NATO davlatlaridan faqatgina Ruminiya qarshilik qilib kelayotgan edi, Yoxannis nomzodlikdan voz kechgach bu masalada hech qanday to‘siq qolmadi.

Mark Ryutte hozirda Niderlandiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi hisoblanadi va bu lavozimni mamlakatning yangi hukumati shakllangach yaqin haftalarda tark etishi kerak. NATOning amaldagi bosh kotibi, 2014 yildan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan norvegiyalik Yens Stoltenberg shu yilning kuzida o‘z lavozimini tark etadi.

Kiritildi: 05:46 21.06.2024. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!