Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Valentin Yumashevni jamoatchilik tartibi asosida o‘z maslahatchisi etib tayinladi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Yumashev 1997 yil martdan 1998 yil dekabrgacha Kreml ma’muriyati rahbari bo‘lgan. Valentin Yumashev Rossiya Federasiyasi birinchi prezidenti Boris Yelsinning qizi Tatyana Dyachenko bilan turmush qurgan.
Manba: qalampir.uz