Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Marg‘ilonda kollej o‘qituvchilari 40 daraja issiqda uy buzmoqda (video)

Marg‘ilonda kollej o‘qituvchilari 40 daraja issiqda uy buzmoqda (video)

Marg‘ilon shahrida kollej xodimlari xonadonlari snosga tushgan fuqarolarning uyini buzyapti. Ulardan biri buning isboti sifatida «Human.uz» nashriga videolavha yuborgan.

Videoda «Qayerda ishlaysizlar?» degan savolga xodimlardan biri «Milliy xunarmandchilik kolleji», biri «II-tibbiyot kolleji», boshqasi «Bank kollejida» deb javob beradi.

Tom qismini buzayotgan erkaklarga ham xuddi shunday savol berilganida «Maishiy xizmati ko‘rsatish kolleji», «Iqtisodiyot kolleji» degan javoblar yangraydi.

«Ayni paytda mehnat ta’tilida bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilar shahardagi uy-joylar buzilishiga jalb qilingani achinarli hol. Marg‘ilondagi kollejlar xodimlari yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni 38-40 daraja issiq ostida, chang-to‘zonlarga to‘la qurilish maydonlarida olib bormoqda», deya yozadi nashr.

Kiritildi: 17:30 18.07.2019. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!