Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Marg‘ilonda kirakash “Damas”chilar yoppasiga ma’muriy qamoqqa olindi

Marg‘ilonda kirakash “Damas”chilar yoppasiga ma’muriy qamoqqa olindi

Marg‘ilon shahrida YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar huquqbuzar haydovchi ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasidagi savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon - Farg‘ona shaharlari va Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi “Damas” haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olishgan.

O‘z harakatlari bilan piyodalar va boshqa haydovchilarning harakatiga xalal berishgan. Mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida viloyat IIB YHXB xodimlari yetib kelishadi.

Ammo “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar “Damas” haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

 

Kiritildi: 14:39 12.03.2020. O'qildi: 4937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!