Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Marg‘ilon shaharida eski adovat ortidan og‘ir jinoyat sodir qilindi

Marg‘ilon shaharida eski adovat ortidan og‘ir jinoyat sodir qilindi



Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21 may kuni, 2006 y.t. Marg‘ilon shaharda yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida Yangi bog‘i MFY da yashovchi 2000 y.t fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Kiritildi: 17:13 22.05.2024. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!