Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Maradonaning shifokorining uyi va klinikasi tintuv qilindi

Maradonaning shifokorining uyi va klinikasi tintuv qilindi

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning shifokori Leopoldo Lukening uyi va klinikasida sud qarori bilan tintuv o‘tkazildi.

“Day.Az” xabariga ko‘ra, tergov harakatlari davomida uyali telefonlar, kompyuterlar, Maradonaning kasallik tarixi, shuningdek, uning davolanishiga oid hujjatlar olingan.

Qayd etilishicha, hukumat shifokorning futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatishda beparvolikka yo‘l qo‘yganligi yoki aksinchaligini aniqlamoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, 27 noyabr kuni hukumatning Maradona vafot etgan kuni uyida navbatchilik qilgan hamshirani beparvolikda gumon qilgani haqida xabar berilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, o‘sha kuni tibbiy xodim ko‘rsatmalarga zid ravishda sportchini ertalab uyg‘otmagan.

Kiritildi: 21:25 01.12.2020. O'qildi: 2147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!