Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Maradonani so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tadi

Maradonani so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tadi

25 noyabr kuni vafot etgan Diyego Maradona bilan xayrlashish marosimi Argentina prezidentining rasmiy rezidensiyasi bo‘lmish, Kasa Rosadada bo‘lib o‘tadi.

TyC Sports nashrining xabar qilishicha, marosim 48 soat davom etadi. Unda 1 million atrofida odam yig‘ilishi taxmin qilinmoqda.

Marosim bir necha kunga cho‘zilib ketishi kutilmoqda, biroq sobiq futbolchining oilasi tadbir kichikroq suratda o‘tkazilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Diyego 25 noyabr kuni yurak xuruji oqibatida 60 yoshida vafot etdi.

Kiritildi: 19:45 26.11.2020. O'qildi: 2249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!