Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Manjukich noyob natija qayd etdi

A A A
Manjukich noyob natija qayd etdi

Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich JCH-2018 finalida Fransiyaga qarshi kechgan va 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda javob gollaridan biriga mualliflik qildi.

Manjukich ham JCH, ham YECHL finalida gol urishga erishgan beshinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha bunday natijani faqat Ferens Pushkash, Zoltan Sibor, Gerd Myuller va Zinedin Zidan qayd etishgandi.

Bundan tashqari, «Yuventus» hujumchisi jahon chempionatlari tarixiga finalda ham o‘z jamoasi darvozasini, ham raqib jamo darvozasini ishg‘ol etgan ikkinchi futbolchi bo‘lib kirdi. Bungacha bunday natija niderlandiyalik Erni Brandtsa tomonidan 1978 yilgi jahon chempionatida Italiyaga qarshi o‘yinda qayd etilgandi.

Shuningdek, Manjukich jahon chempionatlari tarixida finalda avtogol urgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Manba: tribuna.uz

Kiritildi: 22:48 15.07.2018. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik