Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Mandarin kimlarga mumkin emas?

A A A
Mandarin kimlarga mumkin emas?

Bolaligimizdan mandarinni Yangi yil bayrami ramzlaridan biri sifatida bilamiz. Bayram dasturxonini usiz tasavvur eta olmaymiz.

Mandarin inson kayfiyatini ko‘tarishi fanda ham isbotlangan. Uning muattar hidi va shirin-nordon ta’mi hech kimni bee’tibor qoldirmaydi. Mandarin shunchaki shirin meva emas, organizmimiz uchun tengi topilmas vitaminlar manbai hamdir.

Mandarin V1, V2, VZ, V5, V6, V9, R, RR, K, YE va beta-karotinga boy. Mandarin eti kletchatka, fitotsid, kislotalar, efir moyi va kalsiy, magniy, temir, fosfor va kaliyni o‘zida mujassamlashtirgan. Boshqa sitrus mevalar kabi mandarin ko‘p miqdorda S vitaminiga ega. Organizmimiz esa bu vitaminni mustaqil sintez qila oladi. S vitamini immun tizimiga ta’sir ko‘rsatadi va unga virusli infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shuningdek, u kuchli antioksidant hisoblanadi. S vitamini tanamizga kollagen tolalarini shakllantirishda ham zarurdir. U tana vaznini kamaytirish, modda almashinuvini yaxshilash, yog‘larni o‘zlashtirishga yordam beradi.

Lyutein — mandarinda mavjud bo‘lgan yana bir muhim element. U ko‘rish qobiliyatimizni zararli nurlar ta’siridan himoya qilish vazifasini bajaradi. Shuningdek, mandarin tarkibida juda kamyob element — xolin moddasi mavjud bo‘lib, u xotirani yaxshilaydi, yallig‘lanish, yurak-qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Ammo shunda foydali jihatlari bilan bir qatorda bu mevarning zararli tomonlari ham borligini unutmaylik

Mandarinni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish allergiya, semizlik, qandli diabet yoki oshqozon-ichak kasalliklaridan qiynalayotgan bemorlar uchun xavfli. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mandarin tarkibida fruktoza juda ko‘p. Ushbu meva tez so‘riladigan oddiy uglevodlarning ko‘pligi bo‘yicha yetakchi sanaladi. Shunga qaramay, sitrus meva o‘zining xo‘shbo‘y hidi bilan nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kayfiyatni ko‘taradi.

Biroq tarkibida qand miqdori ko‘pligi bois ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar mandarin iste’molini cheklashi yoki butkul voz kechishi lozim. Ular kuniga ikkitagacha mandarin yeyishi mumkin. Bu cheklov bolalarga ham taalluqli.

Allergiklarda sitrus mevalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish eshakemi, allergik tumov yoki bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlarning ahvoli yomonlashishi mumkin.

Kiritildi: 07:55 08.12.2020. O'qildi: 5763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!