Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

«Manchester Siti» yirik g‘alabaga erishib, «Liverpul»ga yaqinlashib oldi

«Manchester Siti» yirik g‘alabaga erishib, «Liverpul»ga yaqinlashib oldi

Angliya Premyer-ligasining 23-turida Haddersfild Taun Manchester Siti ni qabul qildi. Jon Smit Gelfarm stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Danilo, Rahim Sterling va Leroy Sane mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, Manchester Siti APLda qatorasiga to‘rtinchi uchrashuvda g‘alaba qozondi, Haddersfild 10 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti (bir durang va 9 mag‘lubiyat).

Endilikda Manchester Siti (56 ochko) Premyer-liga turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni mustahkamlagan, Xosep Gvardiola shogirdlari peshqadam Liverpul bilan oradagi farqni 4 ochkoga qisqartirgan. Haddersfild Taun 11 ochko bilan 20-o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
23-tur
Haddersfild Manchester Siti 0:3
Golllar: 0:1 18 Danilo, 0:2 54 Sterling, 0:3 56 Sane.
Haddersfild Lessl, Smit, Leve, Shindler, Kongolo, Panchon, Xogg, Kachunga, Bakuna (Pritchard, 64), Mbenza, Diakabi (Munye, 59).
Manchester Siti Ederson, Uoker, Laport, Otamendi, Danilo, de Bryuyne, Fernandinyo (Silva, 59), Sane (Bernardu Silva, 72), Gundo‘g‘an (Delf, 80), Sterling, Aguero.
Ogohlantirishlar: Uoker (27), Bakuna (30), Xogg (43), Fernandinyo (50).

Manba: kun. uz

Kiritildi: 21:12 20.01.2019. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!