Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

«Manchester Siti» xo‘jayini shayx Mansur O‘zbekistonda 200 gektarlik dala lageri quradi

«Manchester Siti» xo‘jayini shayx Mansur O‘zbekistonda 200 gektarlik dala lageri quradi

«Manchester Siti» klubi xo‘jayini, BAA bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon O‘zbekistonda diplomatik vakolatxonasi uchun dala lageri quradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining yer ajratish bo‘yicha maxsus qarori chiqishi rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustyurt platosi «Elabad» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan umumiy maydoni 200 gektar yaylov yerlar Oliy martabali Shayx Mansurning O‘zbekistonda Diplomatik vakolatxonasiga 10 yil muddatga vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

Kiritildi: 13:04 07.06.2020. O'qildi: 8820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!