Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va "Yangi O‘zbekiston" universiteti binolarining qurilishi bilan tanishdi.
Men avval aytganimdek, bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot bo‘lsa, biri – ma’naviyatdir.
Ma’naviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi. Bilimli yoshlar bobolarimizga munosib keng fikrli, milliy g‘ururli, yetuk insonlar bo‘ladi.
Shuning uchun yangi shahrimiz qurilishini ma’rifat maskanlaridan boshlayapmiz. Bular yuz yilga tatigulik ma’naviyat, ma’rifat, ilm o‘chog‘i bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.