Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyning koronavirus borasidagi sirini fosh qilgan shifokor g‘oyib bo‘ldi

Xitoyning koronavirus borasidagi sirini fosh qilgan shifokor g‘oyib bo‘ldi

Uxan markaziy kasalxonasi qabul qilish bo‘limining direktori Ay Fen yangi koronavirus infeksiyasining dastlabki bosqichlarida rasmiylarni tanqid qilgan maqolasi chop etilgandan keyin g‘oyib bo‘ldi.

Bu haqda “60 Minute Australia” televizion dasturida xabar qilindi.

Ay Fen yangi kasallikni ko‘rgan birinchi shifokorlardan biri bo‘lib, 2019 yil 18 dekabrda noodatiy respiratorli infeksiyaga chalingan birinchi bemorni tekshiradi va aynan shu bemor Uxan dengiz mahsulotlari bozorida ishlagan bo‘lib, keyinchalik esa ma’lum bo‘lganidek, SARS-CoV-2 koronavirusining tarqalishi boshlanadi. Keyingi ikki hafta ichida esa uning bo‘limiga grippga o‘xshash alomatlarga ega yana bir nechta bemor qabul qilinadi.

Dekabr oyining oxirida, yangi koronavirus infeksiyasi hali e’lon qilinmaganida, Ay Fen bemorlardan birida o‘tkazilgan test natijalarini oladi va qog‘oz ustiga "SARS koronavirusi" so‘zlarini yozib, hamkasblariga hujjatning fotosuratini yuboradi. Qabul qiluvchilardan biri esa fevral oyida koronavirus infeksiyasidan vafot etgan oftalmolog Li Venlyan bo‘ladi. Mart oyida Ay Fen Xitoyning «Jenu» gazetasiga oftalmolog Li Venlyan kabi kasallik haqida ma’lumot tarqatgani uchun “qattiq gap” eshitganini ma’lum qiladi.

Ushbu maqola gazetada nashr etilganidan ikki hafta o‘tgach, shifokor g‘oyib bo‘ladi, gazetada chop etilgan maqola esa o‘chiriladi. Hozirda uning qayerdaligi noma’lum.

“60 Minute Australia” teledasturining mualliflari ayol hukumat tomonidan yashirincha hibsga olingan deb taxmin qilishmoqda. Bunday voqea oldin ham sodir bo‘lgan: 2018 yilda taniqli xitoylik aktrisa Fan Binbin bir necha oy davomida g‘oyib bo‘lgan, keyinchalik esa yana paydo bo‘lib, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybini bo‘yniga olib, qarzlarini to‘lashga va’da bergan.

"Ozod Osiyo" radiosining xabar berishicha, “60 Minute Australia”ning Ay Fen haqidagi eshittirishidan so‘ng, “Weibo” ijtimoiy tamog‘ida bedarak yo‘qolgan shifokorning Uxan ko‘chalaridan birida tushgan «sirli» surati paydo bo‘lgan. Surat ostiga quyidagi so‘zlar bitilgan: "Daryo. Ko‘prik. Yo‘l. Soatlar janggi!”

Shifokorning yo‘qolishi Xitoyda Internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Senzuraga qarshi kurashni namoyish qilish maqsadida aholi shifokorning intervyusini Brayl yozuviga, Morze alifbosiga va boshqa kodlarga tarjima qilishdi.

Kiritildi: 23:27 01.04.2020. O'qildi: 17998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!