Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo kubogida chorak final juftliklari aniq bo‘ldi

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo kubogida chorak final juftliklari aniq bo‘ldi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun "D" guruhi vakillari so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Guruh peshqadamlari Saudiya Arabistoni va Yaponiya terma jamoalari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Saudiyaliklar "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada Saudiyaning ochkolari 7taga yetdi va guruh g‘olibiga aylandi.

"Kunchiqar yurt" jamoasi esa Tojikistonga qarshi "Bunyodkor" stadionida to‘p tepib, 2:0 hisobida g‘alabani tantana qildi. Yaponiya ham yakunda 7 ochko to‘pladi, ammo to‘plar farqiga ko‘ra guruhda 2-o‘rinni band etdi.

U23 Osiyo kubogi, chorak final juftliklari:
11 iyun
18:00. Avstraliya - Turkmaniston
21:00. O‘zbekiston - Iroq
12 iyun
18:00. Janubiy Koreya - Yaponiya
21:00. Saudiya Arabistoni - Vyetnam

O‘zbekiston - Iroq juftligi g‘olibi yarim finalda Janubiy Koreya - Yaponiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

Yarim final
15 iyun
18:00. Avstraliya/Turkmaniston - Saudiya Arabistoni/Vyetnam
21:00. O‘zbekiston/Iroq - Janubiy Koreya/Yaponiya

3-o‘rin uchun o‘yin
18 iyun

Final
19 iyun

Kiritildi: 21:23 09.06.2022. O'qildi: 4582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!