Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib keladi

Mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib keladi

O‘zgidromet Respublika bo‘yicha 27-29 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun mamlakatimiz hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduz kuni havo harorati 23-28° atrofida bo‘ladi.

Ertaga faqat Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechasi va kun davomida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlari sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi, buning hisobiga harorat foni iqlim me’yoridan 6-9° ga past bo‘ladi va 21-26° dan yuqori bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi biroz ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 10-15° gacha pasayadi, kunduzi esa 23-28° gacha biroz ko‘tariladi.

27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi shimolda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Kiritildi: 14:13 27.05.2022. O'qildi: 3710 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!