Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Malikaxon Kalandarova Oliy sud raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Malikaxon Kalandarova Oliy sud raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati 12-yalpi majlisi qarori bilan Kalandarova Malikaxon Pirnazarovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a’zosi – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Malikaxon Kalandarova faoliyatida nazariya va amaliyotni uyg‘un tarzda olib borayotgan tizimning faol va tajribali vakilasi sanaladi.

U o‘n uch yillik sudyalik tajribasiga ega. Yuridik fanlari nomzodi, dosent. Xalqaro ayol sudyalar assosiasiyasi a’zosi.

Kiritildi: 22:22 19.12.2025. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!