Malika Diananing liboslari yozda Irlandiyada kim oshdi savdosiga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “Rembler” nashri.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kiyimlar orasida malika Diana 1986 yilda ikki marta kiygan Myurrey Arbeid libosi ham bor. Diana ushbu libosni “Opera xayoloti” premyerasida va Gresiya qiroli Konstantin II sharafiga restoranda kechki ovqatda kiygan. .Ushbu kiyim 200-400 ming dollarga baholanmoqda.