Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mali prezidenti konstitusiyaviy sudni tarqatib yubordi

Mali prezidenti konstitusiyaviy sudni tarqatib yubordi

Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta shanba kuni mamlakatidagi yirik fuqarolik tartibsizliklarini tinchlantirish maqsadida konstitusiyaviy sudning tarqatilishini e’lon qildi.

“Reuters” agentligining ta’kidlashicha, parlament saylovlarining dastlabki natijalarini bekor qilib, bir necha shaharlarda norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan sud bir necha oydan beri qarama-qarshiliklar markazida bo‘lib kelgan.

"Men konstitusiyaviy sudning qolgan a’zolarining lisenziyalarini bekor qilishga qaror qildim... Sudning amalda tarqatib yuborilishi tegishli organlardan kelasi hafta yangi a’zolarni tayinlashni so‘rashga imkon beradi, shunda isloh qilingan sud qonunchilik saylovlari natijasida paydo bo‘lgan muammolarni tezda hal qilishda ko‘maklashadi", deya ma’lum qilgan davlat rahbari televideniyedagi murojaatida.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sudning to‘qqiz a’zosidan ba’zilari allaqachon iste’foga chiqqan, ulardan biri esa vafot etgan.

Prezidentning qayd etishicha, qolgan a’zolarning ishdan olinishi Mali hukumatini saylov natijalarini ko‘rib chiqishga va yangilarini o‘tkazishga chaqiruvchi G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatining (ECOWAS) tavsiyalarini bajarishni boshlashga yordam beradi.

Kiritildi: 20:30 13.07.2020. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!