Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Maktablarida sinf fondi va boshqa tadbirlar uchun ota-onalardan pul yig‘ilyapti(mi)?

A A A
Maktablarida sinf fondi va boshqa tadbirlar uchun ota-onalardan pul yig‘ilyapti(mi)?

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida poytaxt umumta’lim maktablarida sinf fondi va boshqa tadbirlar uchun ota-onalardan pul yig‘imi amalga oshirilayotganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar!
Qadrli pedagoglar!

❇️Bugun mamlakatimiz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida keng ko‘lamda islohotlar amalga oshirilmoqda. Siz sohani rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga rostdan ko‘maklashmoqchimisiz?! Biz bundan juda xursand bo‘lamiz. Faqat Sizlardan iltimos joylardagi holat yuzasidan aniq dalil va isbotlari bilan murojaat qilishingiz so‘raladi, xolos. Bu kabi isbotsiz ma’lumot soha xodimlarining faoliyatiga xalaqit qilib, ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda.

Har bir ta’lim muassasasi o‘z ma’muriyatiga ega, har bir sinfning rahbari, maktab direktorining o‘quv ishlari, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyat ko‘rsatadi. Shunday ekan, hech bir asosga ega bo‘lmagan yoki sizni o‘ylantirayotgan masala yuzasidan avvalo o‘z farzandingiz ta’lim olayotgan dargoh mutasaddilariga murojaat qilsangiz olam guliston. Keyingi paytlarda yuqoridagi kabi asossiz va noto‘g‘ri ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ketma-ket chop etilayotganligi kishini o‘yga toldiradi, albatta.

O‘z navbatida shuni unutmaslik kerakki, yuqoridagi kabi asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan shaxsga nisbatan qonunchiligimizda tegishli javobgarliklar belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: 22:00 21.09.2023. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!