Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Maktablar ta’miridagi talon-torojliklar aniqlandi

Maktablar ta’miridagi talon-torojliklar aniqlandi

Bugungi kunda ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasida “Zamonaviy maktab” talablariga mos ravishda sifat nazorati yaratilgan.
Mazkur nazorat tizimida Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarining asosiy e’tibori huquqbuzarlik sodir etilgunga qadar aniqlash, profilaktika qilish va bartaraf etishga qaratilgan.

Profilaktik tadbirlar hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan yaratilgan sharoitlarni shaxsiy boylik orttirish “imkoniyati” sifatida ko‘rayotgan ayrim qurilish tashkilotlarining rahbarlari maktab binolarini qurish yoki joriy ta’mirlashida belgilangan talablarga rioya qilmasdan ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish orqali Buloqboshi tumanida “T.T.” MCHJ tomonidan 1,2 mlrd so‘m, Tomdi tumanida “N.O.” MCHJ tomonidan 316 mln so‘m va Olmaliq shahrida “M.E.” MCHJ tomonidan 306 mln so‘m talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:59 28.09.2022. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!