Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

A A A
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat boshqarmasi mas’ul xodimlari, vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Maktabgacha ta’lim agentligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida vazirlik mas’ullari tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida vazirlik tomonidan olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi.

Ta’kidlanganidek, vazirlikda fuqarolarning korrupsiya holatlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan barcha turdagi aloqa kanallari hamda “Vazirga murojaat” portali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Kiritildi: 21:58 29.11.2023. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!