Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi

A A A
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi.

"Diqqat! Farzandingizning kiyinishiga e’tiborli bo‘ling!

Qishning sovuq kunlarida shamollash ehtimoli yanada ortadi. Bola immun tizimi esa bunday paytda yana-da issiqroq kiyinishni, kaloriyali ovqatlanishni talab etadi.

Bolaning kiyinishi sovuqlik darajasiga qarab bajarilgani ma’qul. Jumladan:

☁️ + 5 dan - 5 darajagacha — bunday haroratda bolaning kiyimi kurtka yoki chopon, kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo‘lqop va jun qalpoqdan iborat bo‘lishi lozim;

❄️ - 5 dan - 10 darajagacha — bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo‘shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo‘lgan vodolazka, yana jun paypoq ham kiydirish zarur;

🌬 - 10 dan - 15 darajagacha — bolaning ustki kiyimi shapkasi bor tivit kombinezondan iborat bo‘lishi kerak. Issiq poyabzal tagi qalin yetikka almashtiriladi. Qo‘lqopning ham qalini bo‘lishi bola sovuq qotishining oldini oladi".

Kiritildi: 11:49 10.01.2023. O'qildi: 4758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!