Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Maktab direktori hukumatning ro‘molni taqiqlash borasidagi qarorini bajarmadi

Maktab direktori hukumatning ro‘molni taqiqlash borasidagi qarorini bajarmadi

Shvesiyaning Skurup shaharchasidagi Prastamosse maktabi direktori Mattias Lidxolm mahalliy hokimiyatning ro‘mol taqiqi haqidagi qarorini bajarmagani uchun tahdidga uchramoqda. 

Uch oy muqaddam Skurup hokimiyati 13 yoshdan kichik o‘quvchilarning maktabga ro‘molda kelishini man etdi. Prastamosse maktabi direktori esa ushbu qarorga e’tiroz bildirdi va uni bajarishdan bosh tortdi.

Shvesiyaning TT axborot agentligiga intervyu bergan Mattias Lidxolm taqiqqa amal qilishni istamagani uchun tahdidga uchrayotganini ma’lum qildi. 

“Bir odam qo‘ng‘iroq qilib, maktabdagi barchani, jumladan, meni ham o‘ldirishini aytib baqirdi. Tahdidlar pochta orqali ham keldi”, – dedi u.  

Direktorning aytishicha, taqiq joriy etilishidan oldin 600 o‘quvchi o‘qiydigan maktabda faqatgina besh qiz ro‘mol o‘rar edi, endi esa ularning soni to‘rt baravar ko‘paydi. 

Kiritildi: 15:33 19.02.2020. O'qildi: 4053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!