Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Maktab binosida ziyofat uyushtirgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan ketdi

Maktab binosida ziyofat uyushtirgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan ketdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan maktablarning birida ziyofat uyushtirgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan ketdi. Bu haqda tuman Xalq ta’limi bo‘limi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda bildirilishicha, 19 mart kuni Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabi direktori P.A. boshchiligida maktab jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida jamoa roziligi bilan 50 ming so‘mdan pul yiqqan. Jamoat bayramni o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasida uyushtirishgan. Maktabda tashkil etilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham bo‘lgan.

Xalq ta’limi bo‘limi mudiri boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari 20 mart kuni maktabda bo‘lgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borgan.

Direktor va uning o‘rinbosarlari qilgan ishlaridan izza bo‘lib, o‘z xohishlariga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishini so‘rab ariza yozgan.

Kiritildi: 23:46 22.03.2021. O'qildi: 4725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!