Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat elchilari bilan uchrashuvda Rossiya bilan muloqotni davom ettirish zarurligini aytdi.
“Biz hamma bilan gaplasha olishda davom etishimiz kerak. Ayniqsa, biz rozi bo‘lmaganlar bilan. Hech kim Turkiyaning Rossiya bilan muloqotni davom ettirayotgan yagona davlat bo‘lishidan manfaatdor emas”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya G‘arb davlatlari muloqotga tayyor bo‘lganda ularning gaplariga quloq tutishini aytgan edi.
Bundan oldin u diplomatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishga chaqirdi.