Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iste’foga chiqishi kerak. Bu haqda “France Insoumise” partiyasining parlamentdagi fraksiya rahbari Matild Pano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida ma’lum qildi.
“Ortga hisoblash boshlandi. Makron ketishi kerak”, — deb yozdi u.
Siyosatchining ta’kidlashicha, Fransiya bosh vaziri Sebastyan Lekornyu tayinlanganidan keyin bir oy o‘tmay iste’foga chiqqan, shuningdek, bir yildan kam vaqt ichida uchta hukumat rahbari mag‘lubiyatga uchragan.