Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshqa mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga, jumladan, Germaniyadagi muddatidan oldin o‘tkazilishi kutilayotgan parlament saylovlariga aralashmoqda.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ma’lum qildi, siyosatchining nutqi X ijtimoiy tarmog‘idagi Yelisey saroyi sahifasida efirga uzatilgan.
Makron Fransiya elchilari oldidagi nutqi davomida Maskning boshqa mamlakatlardagi saylovlarga aralashuvini e’lon qildi. Siyosatchi tadbirkorni “yangi reaksion xalqaro kuchlar”ni qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi va bundan o‘n yil avval voqealarning bunday rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmasdi, deya qo‘shimcha qildi.
Ilgari Mask o‘ng qanot "Germaniya uchun alternativ" partiyasining saylovlarda g‘alaba qozonishini bashorat qilgan edi. 23 fevral kuni mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning eng boy odami bo‘lgan Ilon Mask Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida saylanishida muhim o‘rin tutgan.