SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachyov xotirasi dunyo yetakchilarini muammolarni “aql va muloqot asosida” hal qilishga undashi kerak, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
Fransiya rahbari Gorbachyovning yadro urushining oldini olishda, xususan, 1991 yilda Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash, shuningdek, uning prezidentlik davrida tashkil etilgan Afg‘onistondan qo‘shinlarni tartibli ravishda olib chiqib ketishdagi muhim rolini qayd etdi. Uning eslatishicha, 1990 yilda siyosatchi “sovuq urushni tinch yo‘l bilan tugatgani” va “qit’aning qarama-qarshi ikki blokga bo‘linishini yenggani” uchun Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.