Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tez orada boshqa Yevropa davlatlarini energiya bozoridagi narxlarni barqarorlashtirish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladigan gaz narxiga yuqori chegara belgilash zarurligiga ishontirishga harakat qilishini aytdi.
"Biz 20 va 21 oktyabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YEI sammiti oldidan qolgan yevropaliklarni ham ko‘ndiramiz. Biz elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalanayotgan gazga narxning yuqori chegarasini kafolatlovchi tizimni joriy qilamiz, bu esa elektr energiyasi narxini pasaytiradi", dedi Fransiya prezidenti.