Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Makgregor mag‘lubiyati haqida: "Oyog‘im to‘liq ishdan chiqdi"

Makgregor mag‘lubiyati haqida: "Oyog‘im to‘liq ishdan chiqdi"

Konor Makgregor jangdan keyingi fikrlarini bildirdi: 

“Oyog‘im to‘liq ishdan chiqarildi. Himoyalanganda ham og‘riq kuchli bo‘ldi. Dastin esa zo‘r urishdi. Loukik tepganida murabbiyi unga ajoyib zarba deb baqirdi. Va men hayolimda - ha rostdan ham, deb o‘yladim. Hech qanday bahonam yo‘q. Dastin fenomenal o‘yin qildi. Men esa xujumga shoshdim, vaziyatga moslasha olmadim. Bu achchiq dori va uni yutib yuborishim kerak. Men yo‘lini topaman, tiklanaman va oldinga yurishda davom etaman. Uslublar jangning poydevori, menda hali ko‘p yaxshi uslubiy variantlar bor. Dastin bilan trilogiyaga esa umuman boshqa yondoshuv bilan chiqaman”. K.Makgregor. 

Konorni mag‘lubiyatlar tarbiyalamoqda. Aslida u TOP jangchi, lekin mashhurlik cho‘qqisida tili chegara bilmadi. Ortiqcha gaplar esa doim javobini topadi. Shu yukdan qutilib, uslubni emas ruhiy bosim qurollarini almashtirsa o‘ylaymanki yana qayta oladi. 

Kiritildi: 18:10 24.01.2021. O'qildi: 4841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!