Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Majburiy ijro byurosining Surxondaryo va Xorazm viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

A A A
Majburiy ijro byurosining Surxondaryo va Xorazm viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi To‘xta Zikirovich Qurbonov Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. T.Qurbonov 1965 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U dastlab prokuratura organlarida ish faoliyatini 1991 yil Surxondaryo viloyati Uzun tumani prokurorining yordamchisi lavozimida boshlab, turli lavozimlarda davom ettirgan. Xususan, 1999-2007 yillar davomida Qiziriq, Jarqo‘rg‘on hamda Termiz shahar prokurori va so‘ngra viloyat prokuraturasi organlarining turli lavozimlarida ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar, T.Qurbonov Surxondaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xuddi shuningdek, Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan adliya kichik maslahatchisi Azamat Payzilovich Xalmuratov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. A.Xalmuratov 1980 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 1997 yilda Surxondaryo viloyat prokuraturasi noziri bo‘lib boshlagan va viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan. So‘ngra, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Termiz tuman bo‘limi surishtiruvchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirib, 2020-2021 yillarda Byuroning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i, 2024 yilga qadar Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar, A.Xalmuratov Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: 10:13 13.05.2025. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!