Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Surxondaryoda sayyor qabul o‘tqazdi

Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Surxondaryoda sayyor qabul o‘tqazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari Kabirdjanov Xasan Muratovich ishtirokida aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 14 avgust kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi, shuningdek, energiya resurslari, ichimlik suvi to‘lovlari bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning aksariyati  joyida o‘z yechimini topdi.

Hususan, Sherobod tumanida iste’qomat qiluvchi Qushakov Turop ayrim sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilganligi, ishga tiklash to‘g‘risidagi sud qarori  mavjud bo‘lsada ijrosi ta’minlanmayotganligidan norozi bo‘lib, Byuro direktorining o‘rinbosariga murojaat qildi.

Mazkur murojaat ham ijobiy xal etilib, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialiga ishga tiklab berildi.

 

 

Kiritildi: 11:13 17.08.2019. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!