Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mahmud Muradov oddiy qurilish ishchisi qanday qilib UFC jangchisiga aylangani haqida gapirib berdi

Mahmud Muradov oddiy qurilish ishchisi qanday qilib UFC jangchisiga aylangani haqida gapirib berdi

Aralash jang san’ati (MMA) ustasi Mahmud Muradov Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida muxlislar bilan uchrashuvda ishtirok etdi. UFCda faoliyatini davom ettirayotgan Muradov shu kuni 500ga yaqin muxlislar, ommaviy axborot vositalarining qiziqtirgan savollariga javob qaytardi, deydi "xs.uz".

«Albatta O‘zbekistonda ham MMA sportiga ruxsat berilgani bizni quvontiradi. O‘zbekistonga sportga berilayotgan yuksak e’tibor uchun Prezidentimizga rahmat aytmoqchiman. Biz sportchilar bunday imkoniyatlardan shodmiz», dedi u.

«Men bu sport turida faoliyatimni boshlaganimda hech narsam yo‘q edi. Akam bilan Rossiyaga qurilishda ishlab pul topish, oilamga pul jo‘natish uchun ishlagani ketgandik. O‘sha yerda shug‘ullanish uchun sharoit qilib olib mashg‘ulotlar bajarganmiz. -40 darajada sovuqda ham ishlashga to‘g‘ri kelgan. Shunday sharoitda ham sport uchun vaqt topib, janglarda ishtirok etganman va Chexiyaga yo‘l olganman. U yerda birinchi jangimda 15 yevro uchun oktagonga chiqqanman. Bugun esa UFC jangchisiman. 

Har bir sportchi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yishi kerak. Faqat shundagina natijaga erishishi mumkin. Tartib intizom birinchi o‘rinda bo‘lsa, sabr qilinsa, hamma narsaga erishish mumkin. Bunga mening bosib o‘tgan yo‘lim yorqin misol bo‘ladi oladi».

Shuningdek, Mahmud kelgusida O‘zbekistonda sport maktablari ochish niyati borligini va bu rejalashtirilayotganini ham ma’lum qildi:

«Tez orada Toshkent, Buxoro va Samarqandda maktablar tashkil qilmoqchimiz. U yerda shug‘ullanish mutlaqo bepul bo‘ladi. Kelgusida esa butun respublika bo‘yicha bunday maktablarni tashkil qilish rejamiz bor» deya gapirib o‘tdi Muradov.

Tadbir so‘ngida Mahmud eng yaxshi savol mualliflariga sovg‘alar ulashdi.

Kiritildi: 06:00 14.01.2020. O'qildi: 2964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!