Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mahkumlar oliy ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi

Mahkumlar oliy ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi

“Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ijtimoiylashuvini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–397-son, 16.11.2026 y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra, quyidagilar asosiy maqsadlar etib belgilandi:

🔹 2027/2028 o‘quv yiliga qadar jazoni ijro etish muassasalarida 310 ta o‘quv va 420 ta amaliy mashg‘ulotlar xonasini tashkil etish;

🔹 2030 yilga qadar mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish;

🔹 har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;

🔹 mahkumlarni kasbga o‘qitish orqali takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga qisqartirish.

📝 “Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab :

🔸mahkumlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish va masofaviy ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni yaratiladi;

🔸 o‘qishga qabul qilingan mahkumlar masofaviy ta’lim shaklida o‘qishi uchun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.

📌 Shuningdek:

➖ yosh mahkumlar orasidan saylov yo‘li bilan yoshlar faollari tanlanadi va har chorakda BHMning uch baravari miqdorida rag‘batlantiriladi;

➖ barcha koloniyalardagi mahkumlar o‘rtasida masofaviy shaklda “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etiladi;

➖ koloniyalar kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 15:02 17.11.2026. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik