Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mahallalarda, eksperiment tariqasida, xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Mahallalarda, eksperiment tariqasida, xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, "Yuksalish" MFY tajribasi asosida joriy yil yakuniga qadar mahallalarda, eksperiment tariqasida, xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha tubdan yangi tizim joriy etiladi.

Mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha eksperiment doirasida:

mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi "Mahalla servis kompaniyasi" faoliyati tashkil etiladi;

Servis kompaniyasi mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida salohiyatli tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi;

mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Servis kompaniyasi o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzish, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi;

Servis kompaniyasiga mahallalar binosi hududida bepul foydalanish huquqi asosida xonalar ajratiladi hamda zarur texnik vositalar va uskunalar ularni soz va ishchi holatda saqlash sharti bilan bepul foydalanishga beriladi;

Servis kompaniyasiga ustuvor ravishda mahallada istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz, mavsumiy ishlarga chiqadigan fuqarolar jalb qilinadi;

Servis kompaniyasi hudud obodligini ta’minlash ishlarini mahalla fuqarolar yig‘inining buyurtmasi va nazorati asosida amalga oshiradi;

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Servis kompaniyalarining reestri yuritiladi.

Servis kompaniyalari:

mahalla fuqarolar yig‘inining buyurtmasi asosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini bajaradi, ariqlar va sug‘orish tizimlarini tozalaydi, ko‘chalarning tozaligini ta’minlaydi, ko‘chatlar ekadi va parvarishlaydi;

shartnoma asosida ijtimoiy soha ob’ektlarida obodonlashtirish va kommunal ekspluatasiya xizmatlarini ko‘rsatadi;

shartnoma asosida chiqindilarni yig‘ib saralaydi va chiqindi korxonalari tomonidan olib chiqib ketilishini tashkil etadi;

aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatadi.

Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, shuningdek, mahalla aholisiga mazkur qarorga boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlarini to‘lashdan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

2025 yil 1 yanvarga qadar eksperiment natijasi bo‘yicha xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizimni respublikaning barcha mahallalarida joriy etish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Kiritildi: 12:53 08.07.2024. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!