Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining byudjetidan moliyalashtirish to‘xtatiladi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi dam olish maskani “Aloqabank”dan olingan kreditning qolgan qismini to‘lash majburiyati bilan birgalikda uyushmaga bepul beriladi.
Ikki oy mobaynida uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish uchun Sall-markazni ochish topshirildi.
Uyushma huzurida media-markazi, press-klub hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlari uchun o‘quv-uslubiy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Uni shakllantirish manbalari:
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi: