Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mahallada hali ishsizlar bor

A A A
Mahallada hali ishsizlar bor
Olimjon MIRZABOYEV, 
“Oltinsoy” MFY raisi:
 
– Mahallamizda yashovchi Ma’mura Odilova va turmush o‘rtog‘i turli sabablarga ko‘ra ishsiz qoldi. Lekin halol mehnat qilib, ikki farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berdi. Albatta, qiyinchiliklar bo‘ldi. Shunday sharoitda mahalla-ko‘y yordam qilmasa, oqibat qayerda qoladi?! Mahalla ahli ularga kommunal to‘lovlarni to‘lashda yordamlashib turdi...
 
Bu xalqimizga xos an’analardan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ijtimoiy himoya yanada kuchaytirilib, oilalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Lekin ularga qarzini to‘lab berishning o‘zi yetarli emas. Shu boisdan bu oila a’zolarining doimiy bandligini ta’minlash borasida ham choralar ko‘rilmoqda. “Qo‘ldan berganga qush to‘ymas”, deydilar. Imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, aholiga qo‘limiz bilan berib, ularni dangasalikka o‘rgatmasdan, foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlashga erishish asosiy maqsadimizdir. Mahallamizdagi 43 nafar ishsiz fuqarolarni ham ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
 
Yaqinda Dilafro‘z Ergashova tadbirkorlikni boshlash maqsadi bilan murojaat qildi. Agar u hududimizda tikuvchilik sexini ochsa, o‘ndan ziyod xotin-qizni ish bilan ta’minlay olishini aytib, bizdan yo‘l-yo‘riq so‘radi. O‘z taklif va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi. Mahalladagi tadbirkorlar bilan maslahatlashilgach, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida unga bankka murojaat qilishi va kredit olishi uchun tavsiyanoma berdik. Tez orada bu boradagi ishlar boshlanadi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
 
Davlatimiz rahbari 29 iyun kuni tumanimizdagi mahallalarni o‘rganish borasida boshlangan ishlar xususida to‘xtalar ekan, uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ish o‘rinlari yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.
 
Biz bu maqsad yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Dilafro‘z kabi tadbirkorlikka uquvli mahalladoshlarimiz ham ana shunday ezgu maqsad bilan yashayotgani, el-yurt uchun mehnat qilib, uning ravnaqiga hissa qo‘shish istagida ekani quvonarlidir.
Manba: uza.uz
 
Kiritildi: 06:21 03.07.2018. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik