Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mahalla raisi profilaktika inspektorini lavozimidan olish bo‘yicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘ldi

Mahalla raisi profilaktika inspektorini lavozimidan olish bo‘yicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘ldi

“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, fuqarolar yig‘ini raisiga bir qator qo‘shimcha huquqlar berildi.

Jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi, hududiy ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda boshqarmalariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

Profilaktika inspektorlari 5 yil muddatga lavozimga tayinlanadi, ularni ushbu muddat davomida boshqa lavozimga o‘tkazish taqiqlanadi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimga o‘tkazish yoxud qonun yoki ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish holatlari bundan mustasno).

Shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning tarkibidagi bo‘limlari va ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari ustuvorlik asosida profilaktika inspektori lavozimida kamida 5 yil ishlagan xodimlari orasidan tayinlanadi.

Profilaktika inspektorlari lavozimlariga, qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

Farmon bilan, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosariga – profilaktika inspektorlarini xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga jalb etganlik uchun hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan bevosita intizomiy jazo choralarini qo‘llash vakolati berildi.

Manba: Nnews. uz

Kiritildi: 05:30 20.02.2020. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!