Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

"Magic city"dagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan izoh berildi

"Magic city"dagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan izoh berildi

"Magic city"dagi yong‘inga qisqa muddatda (bir daqiqa) yetib borilganligi yuzasidan salbiy xabarlar tarqaldi.

Favqudodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berishicha (https://t.me/MCHSUzbek/27311), vazirlikning yong‘in-qutqaruv ekipajlari odamlar ommaviy tashrif buyuradigan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqudodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda tez va qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, bunday maskanlarda navbatchilik olib boradi.

Shu sababdan "Magic city" kirish darvozasi oldidagi butkada sodir bo‘lgan yong‘inga o‘sha yerda navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari qisqa muddatda yetib borgan.

Shu o‘rinda, Favqudodda vaziyatlar vazirligi ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va noo‘rin materiallarni tarqatmaslik, balki mavjud ma’lumotlardan unumli foydalanishni so‘rab qoladi.

Kiritildi: 21:08 06.10.2024. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!