Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

MAGATE Suriyada yadroviy reaktor borligini tasdiqladi

MAGATE Suriyada yadroviy reaktor borligini tasdiqladi
MAGATE prezident Bashar al-Asad hukumati davrida Suriya yadroviy dasturi bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida 2024 yilda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida Suriya to‘liq deklarasiya qilmagan taxminan 73 tonna tabiiy uran topilganini ma’lum qildi. MAGATE 2007 yil Isroil hujumi natijasida vayron bo‘lgan Suriyadagi Al-Kibor inshooti haqiqatan yadroviy reaktor ekanini tasdiqladi. Tashkilot xodimlari ushbu hududda reaktor inshootiga xos sovutish tizimi joylashganini aniqlagan. Majmuada taxminan 73 tonna tabiiy uran metali, jumladan 55 tonna qadoqlangan yonilg‘i tayoqchasi topilgan. Agentlik mazkur yadroviy materiallar tashkilot nazorati ostidaligini ta’kidladi. Ayni damda, yangi Suriya rasmiylari bilan hamkorlik o‘rnatilgan va tuzilma mutaxassislariga ishlash uchun ruxsat berilgan. MAGATEning ta’kidlashicha, Suriyaning avvalgi hukumati Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YQXT) doirasida MAGATE bilan Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq o‘zining yadroviy materiallari, ob’ektlari va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilmagan.
Kiritildi: 15:35 04.09.2026. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!