Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Madrimov—Krouford jangida Eminem kechaning maxsus mehmoni bo‘ladi

Madrimov—Krouford jangida Eminem kechaning maxsus mehmoni bo‘ladi

Turki al ash-Sheyx Isroil Madrimov va Terens Krouford jangining rasmiy posterini e’lon qildi.

Bokschilar o‘rtasidagi jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Isroil va Terens o‘rtasidagi qarama-qarshilik birinchi o‘rta vazn toifasidagi WBA kamari uchun ketadi.

Turnir tashkilotchisi ash-Sheyx posterni taqdim etdi. Unda bokschilardan tashqari mashhur reper Eminemning ham surati tushirilgan. Eminem kechaning maxsus mehmoni bo‘ladi.

Terens Krouford professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 06:19 19.07.2024. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!