Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Madridda favqulodda holat e’lon qilindi

Madridda favqulodda holat e’lon qilindi

Ispaniya hukumati 9 oktyabr juma kuni Madridda favqulodda holat e’lon qildi. Bundan maqsad koronavirus zanjirini uzish uchun odamlarning harakatiga bo‘lgan cheklovlarni qaytarishdir.

Ayni paytda Madrid Evropadagi koronavirus avj olgan va kasallanish zanjirlari ko‘p bo‘lgan joylardan biri bo‘lib turibdi. Bu shaharda so‘nggi 14 kun ichida har yuz mingta odamning 563 tasida COVID-19 aniqlangan.Bu raqamlar butun mamlakat bo‘yicha qayd etilgan kasallardan ikki baravardan ham ko‘proqni tashkil etadi. Ispaniyada o‘tgan ikki hafta ichida har yuz ming kishining 263 nafarida koronavirus aniqlanyapgan.

Ispaniya hukumati joriy qilgan favqulodda holatga ko‘ra, endi odamlar o‘zlarining tumanlaridan besabab chiqsalar, Madrid polisiyasi ularga moddiy jarima belgilaydi. Ushbu cheklov 4.8 million kishi yashaydigan Madrid va uning atrofidagi 9 ta hududni qamrab oladi.

Hukumatning Madridda cheklovlar joriy qilish bo‘yicha qaroriga shahar hokimiyati qarshi chiqmoqda. Madridning hududiy prezidenti Izabel Diaz Ayuso shaharda bundan oldin tatbiq qilingan yengilroq cheklovlar virusning tarqalishini to‘xtatishga yetarli ekanini ta’kidlaga

Kiritildi: 19:00 10.10.2020. O'qildi: 2634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!