Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Madaniyat vaziri AQSh elchisi bilan uchrashdi

A A A
Madaniyat vaziri AQSh elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Muzokara chog‘ida o‘zbek milliy maqomi va milliy musiqa madaniyatini dunyo, jumladan, AQShda targ‘ib qilish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, AQSh tomoni O‘zbekistonning madaniy meros ob’ektlarini restavrasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.


Deniyel Rozenblyum "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida AQShlik musiqachilarning ishtiroki xususida mamnuniyat bilan to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash, 2022 yilning boshida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar tashkil etish, AQShdagi O‘zbekistonga oid madaniy meros va mulklarni yurtimizga qaytarishga amaliy yordam berish kabi masalalar muhokama etilib, samarali takliflar bildirildi.

Kiritildi: 12:47 06.11.2021. O'qildi: 2454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!