Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lyublyanada birinchi masjid ochildi

Lyublyanada birinchi masjid ochildi

Sloveniya poytaxti Lyublyanada ilk masjid ochildi. Hududdagi musulmonlar ushbu macjidni moliyaviy qiyinchilik va byurokratik to‘siqlarga qaramasdan ellik yil davomida qurib bitkazdilar. Sloveniya Islom hamjamiyati rahbari, muftiy Nedzad Grabus masjid ochilishini hudud musulmonlari hayotidagi eng katta burilish, deb atadi. Qurilishning umumiy qiymati 34 million yevro bo‘lib, shundan 28 millioni xayriya mablag‘lari tashkil etadi .

Islam.ru saytining xabar berishicha, 1400 namozxonni sig‘dirish imkoniga ega bo‘lgan masjid olti binodan iborat. Ushbu majmuada o‘quv markazi, kutubxona, restoran, basketbol maydoni, imomlar uchun uy-joy va balandligi 40 metr bo‘lgan minora mavjud. Masjid binosi oq betondan zamonaviy uslubda po‘lat, shisha va yog‘och bilan ishlangan.

“Maqsadimiz islom me’morchiligining an’anaviy qadriyatlarini zamonaviy arxitektura bilan uyg‘unlashtish edi, – deydi arxitektor Matei Bevk. – Markazning Shisha bezaklar markazning shaffofligi va ochiqligini namoyish etish uchun yaratilgan”.

Kiritildi: 22:10 16.02.2020. O'qildi: 2235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!