13 fevralga o‘tar kechasi Parijdagi Luvr muzeyini suv bosdi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda.
Luvr texnik xizmati yuz bergan hodisani favqulodda vaziyat sifatida baholadi. Xabar qilinishicha, asosan XV va XVI asrlarga oid san’at asarlari saqlanadigan «Dyushatel» deb nomlanuvchi 707-zal suv ostida qolgan.
Ushbu zaldagi san’at durdonalariga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan ekspertlar tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan.
Suv sizib chiqishiga yuqori qavatlardan biridagi suv quvurlarida yuz bergan nosozlik sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Ayni damda 706 va 708-zallar ham yopib qo‘yilgan.