“RIA Novosti”ga ko‘ra, Braziliya prezidenti Moskvadagi to‘xtash vaqtida Putin bilan uchrashmagan.
"Braziliya prezidenti Inasiu Lula da Silva Pekindan qaytayotib, Moskvada qisqa to‘xtashni amalga oshirdi. Prezident Lula da Silva bu vaqtda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashmadi", deya xabar berdi agentlikka Braziliyaning Moskvadagi elchixonasi.