Kreml 14 may kuni kechqurun ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat haqida ma’lum qildi. Moskva bayonotiga ko‘ra, Braziliya prezidenti Vladimir Putinning 15 may kuni Istanbulda Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Pekinda qabul qilingan ikki tomonlama qo‘shma bayonot”ga e’tibor qaratdi. Putin, o‘z navbatida, Braziliya va Xitoyga ixtilofni hal qilishda “konstruktiv hissa qo‘shish istagi” uchun minnatdorchilik bildirdi.
Luiz Inasio Lula da Silva avvalroq Putinni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulga kelishiga shaxsan ishontirish niyatida ekanini aytgan edi. Siyosatchi Pekindan qaytayotib, Moskvada to‘xtab, Rossiya prezidenti bilan gaplashishga harakat qilishini aytdi. Braziliya yetakchisi 14-may kuni Rossiya poytaxtiga qo‘ndi, biroq u yerda Putin bilan uchrashmadi, deb yozadi “RIA Novosti” manbalarga tayanib.
Zelenskiy Istanbuldagi uchrashuvda shaxsan ishtirok etish niyatida ekanligini aytdi va Putinni ham shunday qilishga chaqirdi.