Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Lukashenkoning salomatligi yomonlashgani rostmi?

Lukashenkoning salomatligi yomonlashgani rostmi?

Belarus prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenkoning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi. Bu haqda NEWS.ru portali xabar bermoqda.

«Aleksandr Grigoryevichning salomatligi joyida ekanligini bilish uchun uning matbuot kotibiga qo‘ng‘iroq qilish shart emas. Kecha u Rossiya, Ukrainadan kelgan mehmonlar va tomoshabinlar to‘la zalda «Slavyanskiy bazar»ning ochilishini tomosha qildi, so‘ngra Minskka jo‘nab ketdi», — dedi u.

Eysmontning ta’kidlashicha, bunday xabarlarga e’tibor berishning hojati yo‘q.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Vitebskdagi «Slavyanskiy bazar» festivalida Lukashenkoning tobi qochgani va u zudlik bilan Minskka jo‘nab ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 18:52 16.07.2021. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!