Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: "Ukraina — katta o‘yinda ayirboshlanadigan karta”

Lukashenko: "Ukraina — katta o‘yinda ayirboshlanadigan karta”

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainani “katta o‘yinda ayirboshlanadigan karta” deb atadi. Uning so‘zlari Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov bilan uchrashuvdan keyin BelTA agentligi tomonidan keltirilgan.

“Gap aslida Ukrainada ham emas. Masala boshqa joyda, oxir-oqibat kim kim bilan kurashayotganida. Shuning uchun buni tushunib olish kerak va kimdir o‘z manfaatlarini ilgari surmoqda. Na bizga, na Rossiyaga bu [nizoning davom etishi] kerak emas”, — dedi Lukashenko.

U tinchlik zarurligini ta’kidladi, ammo G‘arb Rossiya va Belarusni “aldamasligi” va “o‘yin qilmasligi” uchun to‘liq kafolat bo‘lishi shart ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva aldansa, bu eng avvalo Minskka ta’sir qiladi, chunki Belarus Rossiyaga yaqin hududda joylashgan.

Bundan oldin Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin Minskni urushga tortishga ochiq urinish bo‘layotganini aytgan. U Belarus chegaralari atrofidagi vaziyatni o‘ta beqaror deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat eskalasiya xususiyatiga ega. Xrenin NATO qo‘shinlari harbiy guruhlarini kuchaytirib borayotgani, infratuzilmani takomillashtirayotgani va harbiy byudjetlarni oshirayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:21 25.06.2026. O'qildi: 3241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik